Maxfiylik siyosati

BuxCore — ilova va veb-tizim

Kuchga kirgan sana: 14.11.2026

1. Kim uchun va kim javobgar

BuxCore — buxgalteriya va xizmat ko‘rsatish kompaniyalari uchun ichki boshqaruv tizimi (CRM): firmalar, vazifalar, davomat, ish haqi, hujjatlar va ichki chat. Ilova va veb-tizimdan faqat tashkilot (ish beruvchi) tomonidan hisob ochilgan xodimlar foydalanadi; ochiq ro‘yxatdan o‘tish yo‘q.

Xodim ma’lumotlarining egasi va ular uchun javobgar — sizning tashkilotingiz (ish beruvchi). BuxCore tashkilot nomidan ma’lumotni texnik jihatdan saqlaydi va qayta ishlaydi. Har bir tashkilot ma’lumoti alohida bazada saqlanadi va boshqa tashkilotlarga ko‘rinmaydi.

2. Qanday ma’lumot yig‘iladi va nima uchun

Ma’lumotQachonMaqsad
Login, parol (faqat shifrlangan xesh), ism, telefon, lavozim, profil rasmiTashkilot hisob ochganda yoki siz o‘zgartirgandaTizimga kirish, xodimni tanish
Ish ma’lumotlari: vazifalar, hisobotlar, firmalar, hujjatlar, chat xabarlari, ish haqi va jarimalarIsh jarayonidaTashkilotning ichki ishini yuritish
Aniq joylashuv (GPS koordinatalari)Faqat «Keldim» / «Ketdim» (davomat) yoki shaxsiy chiqish tugmasini bosganingizda, ilova ochiq turganda. Fonda joylashuv olinmaydiDavomatni ofis hududida qayd etish
Kamera tasviri va yuz shabloni (Face ID)Faqat Face ID yoqilgan tashkilotlarda: yuz profilini yaratishda va davomat paytidaDavomatni boshqa odam belgilamasligi uchun yuzni tekshirish. Tekshiruv BuxCore serverida bajariladi; tasvir uchinchi tomonga yuborilmaydi
Siz yuklagan fayllar (hujjat, rasm, Excel)Siz faylni tanlaganingizdaHujjat almashinuvi
Texnik ma’lumot: IP manzil, qurilma/brauzer turi, kirish vaqti, xatolar jurnaliHar bir so‘rovdaXavfsizlik (parolni terib ko‘rishdan himoya), nosozliklarni tuzatish

Biz reklama ko‘rsatmaymiz, ma’lumotni sotmaymiz va reklama yoki kuzatuv (tracking) kutubxonalaridan foydalanmaymiz.

3. Ruxsatlar

Ruxsatni rad etsangiz ham ilovaning boshqa qismlari ishlaydi.

4. Uchinchi tomon xizmatlari

5. Saqlash muddati

6. Hisobni o‘chirish

Ilovada: Sozlamalar → Xavfsizlik → «Hisobni o‘chirish so‘rovi». Ilovasiz: hisobni o‘chirish sahifasi. So‘rov 30 kun ichida bajariladi: kirish imkoniyati, login va parol, telefon, Telegram ulanishi, profil rasmi va Face ID yuz namunalari o‘chiriladi. Ism va ish yozuvlari qonuniy muddat davomida tashkilot hisobida qoladi.

7. Xavfsizlik

Barcha ulanishlar HTTPS orqali shifrlanadi. Parollar faqat bir tomonlama xesh ko‘rinishida saqlanadi. Har bir tashkilot ma’lumoti alohida bazada. Kirish huquqlari rol va ruxsatlar bilan cheklanadi.

8. Huquqlaringiz

Siz o‘z ma’lumotlaringizni ko‘rish, tuzatishni so‘rash va hisobni o‘chirishni so‘rash huquqiga egasiz. Buning uchun tashkilotingiz administratoriga yoki ilovadagi «Aloqa» tugmasi orqali murojaat qiling.

9. Bolalar

Ilova ish joyida foydalanish uchun mo‘ljallangan va 18 yoshdan kichiklarga qaratilmagan.

10. O‘zgarishlar va aloqa

Siyosat o‘zgarsa, yangi matn shu sahifada sanasi bilan e’lon qilinadi. Savollar bo‘yicha: tashkilotingiz administratori yoki ilovadagi «Aloqa» → «Dasturda yozish».